Telegram Group Search
Bizadagi Instagram auditoriyasi juda-juda ajoyibda:) savollar bir go'zal, javoblar undan go'zal!

@boredpandablog
Oypenbudjet — Qadimiy o'zbek g'am-g'ussasiga aylanibo'pti

@boredpandablog
Bored Panda
#serial #JamesClavell #Shogun "Syogun" Amerikalik yozuvchi Jeyms Klavellning 1975-yilda yozilgan "Syogun" roman-epopeyasi asosida yangi shou ishlanmoqda. Tarmoqlarda ushbu kino adaptatsiyaning posterlari e'lon qilindi. Roman tarixiy roman janrida yozilgan…
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
"Syogun" serialidan bir-biriga bog'liq 5 ta ta'sirli sahna. Menga aynan shu kichik voqea juda qattiq ta'sir qildi.

Angliyalik kelgindiga shu yurt xo'jayini qirg'ovul sovg'a qiladi. U britancha ovqat pishirmoqchi bo'lib, xizmatkorlariga qushni bir hafta osib qo'yishni, sasib ketsa ham yechib olmaslikni tayinlaydi. Kimda kim olsa "O'lim!" deydi u. Ammo u so'zlariga katta e'tibor bermagan, shunchaki qo'rqitib qo'ymoqchi edi.

Natijada sassiq hid butun qishloqni tutib ketadi, lekin xo'jayin so'zi qonun, unga iltimos qilisha olmaydi. Yagona chora kimdir qushni olib ko'mishi kerak edi. Va qariya bog'bon bu ishni o'z zimmasiga oladi. Va xo'jayinning buyrug'ini buzgani uchun boshidan judo qilinadi. Serialda bu voqealar juda ta'sirli ko'rsatib berilgan.

Yaponlardagi sodiqlik, So'zga bo'lgan e'tiqod va qonunlarni qat'iyligi... bir tomondan tahsinga sazovor, boshqa tomondan dahshatli darajada qattiqqo'llik.

@boredpandablog
Forwarded from Bored Panda
#Netflix #premyera

⚡️Netflix bir necha shov-shuvli premyeralarni e'lon qildi

Yaqin vaqtlarda premyerasi kutilayotganlardan:

"All of Us Are Dead" 2-mavsum
"Squid Game" 2-mavsum
"Alice in Borderland" 3-mavsum
"Black Mirror" 7-mavsum
"Love, Death +Robots" 4-mavsum

@boredpandablog
Bored Panda
Photo
Bularniyam intiqlik bilan kutayapman. Bu yilgi bo'lajak premyeralar😎
Zamonaviy o'zbek dublyaji

O'zbek tilida film, serial, doramalar dublyaj qiladigan va taqdim etadigan jamoalar, saytlar, ilovalar men o'ylagandan ko'ra ancha ko'proq va sifatliroq ekaniga amin bo'layapaman. Shunchaki, anchadan beri o'zbekcha tarjimalar ko'rmaganim uchun e'tibor bermagan ekanman.

Bu hali TV kanallar buyurtmalaridan tashqari. Demak, bizda qidirsa, bemalol ko'plab yangi seriallarning tarjimasini topsa bo'ladi. Albatta, ko'pchiligida pullik obuna talab etiladi. Shunday bo'lishi ham kerak. Lekin baribir holat ancha yaxshi.

Siz qaysi ilova yoki jamoa dublyajini kuzatib borasiz?

@boredpandablog
Phantom City Creative’dan “Uzuklar hukmdori” trilogiyasi uchun benazir posterlar😊

@boredpandablog
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#premyera #kino #MaymunlarSayyorasi

"Maymunlar sayyorasi Qirolligi" filmining navbatdagi treyleri e'lon
qilindi

👉 1-treyler
👉 2-treyler

Film premyerasi 10-mayga belgilangan.

@boredpandablog
#haqida

Bugungi ishni ertaga qo'ymaslik haqida

Hozir qiziq bir tarixiy voqea haqida o'qib qoldim. Xullas, Eron shohi va Xojarlar sulolasi asoschilaridan biri - Og'a Muhammadxon juda qattiqqo'l hukmdor bo'lgan ekan. U tez-tez yon-atrofdagilarini turli sabablar bilan qilichdan o'tkazib turgan. Qizig'i, uning taqdiri ham shunday yakun topadi.

Demak, Og'a Muhammad Ozarbayjonga yurishi paytida, bo'lajak jangdan oldin uxlab yotganida, kechasi chodiri oldida ikkita mulozimi o'zaro qattiq tortishib qoladi. Baqir-chaqirdan uyg'onib ketgan shoh nihoyatda darg'azab bo'ladi va tong otishi bilan shovqin ko'targanlarni qatl qilishini aytib baqiradi.

Buni eshitib qo'rqib ketgan boyagi ikkita mulozim tunda shoh oldiga kirib, uni pichoqlab o'ldirishadi va Ozarbayjon podshosi tomonga qochib ketishadi.

@boredpandablog
2024/04/27 09:16:18
Back to Top
HTML Embed Code: